1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 92 mingdan oshdi

Bu ko‘rsatgichga hukumat qarori sabab bo‘lgan.

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 92 mingdan oshdi

 

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni ilk bor 92 mingdan oshdi, deya xabar bermoqda «TASS».

 

Hozirda ushbu mamlakatda 100 yoshdan oshgan 92 139 nafar fuqaro istiqomat qiladi. 50 yildan buyon yuz bilan yuzlashganlar soni ortib bormoqda.

 

Maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 47 107 kishi o‘zining 100 yoshini nishonladi. Hukumat ularga tabrik maktublari va esdalik sovg‘alarini yubordi.

 

Yaponiyada 1963 yilda qariyalarni ijtimoiy taʼminlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng yuz yoshlilar soni ortib bormoqda. O‘shanda mamlakatda 100 yoshdan oshgan 153 nafar inson bor edi. 1981 yilda ularning soni mingdan oshdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика