1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiyada 30 mingga yaqin odam evakuatsiya qilinadi

Bunga kuchli yog‘ingarchilik sabab bo'lmoqda.

Yaponiyada 30 mingga yaqin odam evakuatsiya qilinadi

 

Yaponiyaning g‘arbiy Xonsyu orolidagi Ishikava prefekturasida 29 750 kishi evakuatsiya qilinishi e’lon qilindi. Hudud xavfning 4-darajasida, prefektura so'nggi o'n yilliklardagi eng kuchli yog'ingarchilikdan aziyat chekmoqda. Kamida bir kishi bedarak yo‘qolgan. 4800 ga yaqin uy elektr energiyasiz qoldi.

 

Xabar berilishicha, Vadzima va Sudzu shaharlarida evakuatsiya e’lon qilingan. Bu shaharlardagi infratuzilma 2024-yil yanvaridagi zilzila oqibatida jiddiy shikastlangan edi. 21-sentabr kuni ertalab Vadzimada 121 millimetr yomg'ir yog‘di - bu 1975-yildan beri rekord ko'rsatkich.

 

Ishikavada kuchli yomg‘ir oqibatida ko‘cha va yo‘llarni suv bosdi, ko‘plab odamlar yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Prefekturaning to'rtinchi darajadagi ogohlantirish darajasi imkon bo'lganda evakuatsiya qilishni talab qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика