Hideo Kojima, sobiq shahar Assambleyasi aʼzosi, birinchi marta 2020 yil noyabr oyida Ginan shahri meri etib saylangan.
Rasmiy tergov Kojimani bir nechta taʼqib holatlari, shu jumladan, ayol hamkasblariga tegajog‘lik qilishda aybdor deb topdi.
Tergovga 193 xodimdan 161 (80 erkak va 81 ayol) nafarining so‘rov natijalari kiritilgan. Ularning aksariyati shahar rahbarini ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganini aytgan.

Mer mustaqil qo‘mita hisobotida batafsil bayon etilgan baʼzi ayblovlarni rad etdi.
"Men bunday ish qilmaganman. Hisobotda betaraflik yo‘q va men ularni yana-da chuqurroq tekshirishlarini xohlayman", — dedi shahar rahbari.
Shuningdek, Hideo Kojima nutqining oxirida yig‘lab yubordi.
Seshanba kuni o‘z lavozimini tark etadigan Kojimaga nisbatan hech qanday jinoiy tergov eʼlon qilinmadi, deb yozadi Guardian nashri.


