1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yaponiyada endi robotlar bolalar o‘rniga maktabga boradi

Dastlab ikkita robotni noyabr oyida ishga tushirishga qaror qilingan.

Yaponiyada endi robotlar bolalar o‘rniga maktabga boradi

 

Yaponiyada bolalar o‘rniga maktabga maxsus robotlarni yuborishga ruxsat beriladi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri yozmoqda.

 

Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismidagi Kumamoto shahrida 2760 nafar o‘quvchilar 2022 o‘quv yilida umuman maktabga bormagan.

 

Ushbu holatlarni hisobga olib, taʼlim tizimi rahbarlari o‘quvchilarga yon bosishdi va tez orada ularning o‘rniga maktabga maxsus robotlarni yuborishga ruxsat beriladi. Har bir robot g‘ildiraklar, planshet biriktirilgan uzun shtativga ega. O‘quvchilar videochat orqali o‘qituvchilar bilan aloqa o‘rnatib, robotning harakatini masofadan turib boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

 

Shahar maktablari kengashi dastlab ikkita robotni noyabr oyida ishga tushirishga qaror qildi. Birinchi bosqichda mazkur tajriba faqat boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilariga taalluqli bo‘ladi. Tajribaning birinchi bosqichini kelasi yilning mart oyida yakunlanlash ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика