Yaponiya rasmiylari nekroz va o‘limga olib keladigan gemolitik streptokokk infeksiyasi holatlari sonining rekord darajada o‘sishini qayd etmoqda.
Milliy yuqumli kasalliklar instituti maʼlumotlariga ko‘ra, yil boshidan 5 mayga qadar mamlakatda 801 ta infeksiya holati qayd etilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,76 barobar ko‘pdir. O‘tgan yil davomida shifokorlar 941 kishida gemolitik streptokokk infeksiyasini aniqlashdi.
Zararlanish darajasining o‘sishining aniq sabablari nomaʼlum, ammo mutaxassislar pandemiya davrida qo‘yilgan cheklovlar yengillashgani sababli, xuddi shu turdagi bakteriyalar keltirib chiqaradigan faringit bilan kasallanish holatlari ham ko‘payganini taʼkidlamoqda.


