1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiyada zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 30 kishiga yetdi

Hozircha halok bo‘lganlar yoki bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yaponiyada zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 30 kishiga yetdi

 

8-dekabrga o‘tar kechasi Yaponiya shimolidagi Aomori prefekturasida 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Epitsentri Tinch okeanida, 50 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, yer silkinishi Aomori, Ivate va Xokkaydo prefekturalarini qamrab oldi.

 

Zilzila natijasida kamida 30 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Hozircha halok bo‘lganlar yoki bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot yo‘q, deb ma’lum qildi Yaponiyaning bosh vaziri Sanae Takaychi. U fuqarolarga odatdagi kundalik hayotini davom ettirishni tavsiya qilib, keyingi silkinishlar yuz bersa, darhol evakuatsiya choralari ko‘rilishini ta’kidladi.

 

Seysmologlar tomonidan Yaponiya sharqiy va shimoli-sharqiy sohillarida sunami xavfi e’lon qilindi, ammo eng yuqori qayd etilgan to‘lqin 70 sm ni tashkil etdi va hozirda barcha hududlarda sunami ogohlantirishlari bekor qilingan.

 

Zilzila tufayli temir yo‘l qatnovida uzilishlar yuzaga keldi, jumladan, Shinkansen tezyurar poyezdlari vaqtincha to‘xtatildi. Atom elektr stansiyalarida, jumladan Fukusima-1 AESda favqulodda vaziyatlar qayd etilmadi.

 

Bosh vazir Sanae Takaychi mamlakat aholisini hushyor bo‘lishga chaqirdi va kelgusi haftada ehtiyot choralarini saqlash muhimligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика