1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yaponiyadan O‘zbekistonga obyektlarni masofadan o‘rganuvchi dronlar olib kelinadi

Shuningdek, iqlim o‘zgarishini tahlil qiluvchi innovatsion meteostansiyalar hamda daryo suvlari balansi va sifatini aniqlab beruvchi qurilmalar olib kelinadi.

Yaponiyadan O‘zbekistonga obyektlarni masofadan o‘rganuvchi dronlar olib kelinadi

O‘zbekistonlik olimlar Tottori universiteti tadqiqotchilari tomonidan Yaponiyaning SATREPS dasturi bo‘yicha jalb etilgan 5 million AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasi doirasida shartnomada ko‘rsatilgan uskunalar respublikaning belgilangan hududlariga olib kelib o‘rnatilmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, Orolbo‘yi mintaqasida tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurash, yer unumdorligi va oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan mazkur grant loyihasi shartlariga ko‘ra Yaponiya tomonidan moddiy-texnik baza bilan taʼminlash nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar olib kelingan uskunalar tuproq tarkibidagi tuz miqdori, tuproqda tuz va suv taqsimotini, suv sifatini nazorat qilish, geoaxborot tizimi maʼlumotlarini va meteorologik kuzatuvlarni tahlil qilishga mo‘ljallangan. Stansiyalar tajribasida qaysi galofitlar oqsil va tuzni qancha muddatda o‘zlashtirishini aniqlovchi qimmatli maʼlumotlarni olish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, dastur doirasida 2023-yil yakuniga qadar Yaponiya tomonidan 300 ming AQSH dollari miqdorida obyektlarni masofadan o‘rganuvchi dronlar, iqlim o‘zgarishini va havo namligini tahlil qiluvchi innovatsion meteostansiyalar hamda daryo suvlari balansi va sifatini aniqlab beruvchi qurilmalar olib kelish va respublikaning belgilangan hududlariga o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика