1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Yaponiyaga “Hinnamnor” to‘foni yopirilmoqda

Bu haqda mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi maʼlum qildi.

Yaponiyaga “Hinnamnor” to‘foni yopirilmoqda

 

Laosdagi provinsiya nomi bilan ataladigan “Hinnamnor” to‘foni Tinch okeanida paydo bo‘ldi va Yaponiya tomon yopirilgan

 

Yaponiyada to‘fonga 11 raqami berildi. U soatiga 30 kilometr tezlikda harakatlanmoqda va chorshanba kuni janubiy Kyusyu oroliga borib urilishi mumkin. Shu bilan birga, dushanba kuni kechqurun u Ogasavara arxipelagiga juda yaqinlashishi mumkin. Ayni paytda to‘fon markazida bosim 985 gektopaskal, markazda tezligi sekundiga 30 metr, shamolda sekundiga 40 metrgacha yetadi.

 

Sinoptiklarning ogohlantirishicha, to‘fonnning taʼsiri janubi-g‘arbdan shimoli-g‘arbgacha bo‘lgan keng hududga taʼsir qiladi, bu yerda chorshanba va payshanba kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика