1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish uchun O‘zbekistonga keldi

Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Yaponiyalik 30 nafar ko‘ngilli Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish uchun O‘zbekistonga keldi

 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihada ishtirok etish uchun 30 nafar yaponiyalik ko‘ngillilar O‘zbekistonga keldi.

 

Yaponiyalik ko‘ngillilarning yurtimizga safari mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida OISCA tashkiloti tomonidan tashkil qilindi. Tashrif davomida yapon ko‘ngillilari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan birgalikda Orol dengizining qurigan 10 gektar tubiga 10 ming tup daraxt ko‘chatlarini ekishlari rejalashtirilgan.

 

OISCA (The Organization for Industrial, Spiritual and Cultural Advancement) Nodavlat xalqaro tashkilot bo‘lib, 1961 yilda Tokio shahrida tashkil etilgan.

 

Ushbu tashkilot 2015-yildan buyon yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirib kelayapti. Xususan, OISCA tomonidan 2022-yildan boshlab 10 yil davomida Orol dengizining qurigan hududining 40 ming gektar maydonini ko‘kalamzorlashtirish loyihasi hayotga tadbiq etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика