Portal maʼlumotlariga ko‘ra, Ibaraki prefekturasida yashovchi 70 yoshli odam virusni yuqtirgan. U 2022-yilda vafot etgan. Uning tanasida kana chaqishi izlari topilgan.
Qayd etilishicha, ayol pnevmoniya bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan. U 26 kundan keyin miokarditdan vafot etgan. Ayolning oyog‘idan unga yopishib olgan kana topilgan.
Keyinroq shifokorlar uning Oz virusini yuqtirganini aniqlashdi. Oz virusi birinchi marta 2018-yilda Yaponiyada topilgan. Kana chaqishi orqali yuqishi mumkin, ammo hozirgacha odam yuqtirish holatlari aniqlanmagan.


