Yaponiyaning Kioto universiteti talabasi bitiruv marosimiga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy obrazida kirdi.
Kioto universiteti talabalarga bitiruv marosimiga istalgan kiyimda kelishga ruxsat berish bilan mashhur.
Ukraina prezidentining rolini o‘ynagan talaba jurnalistlarga “eng jasur odam” degan obro‘si tufayli Zelenskiyga o‘xshash istagini tushuntirdi. U Zelenskiyga o‘xshab ko‘rinish uchun dekabr oyida soqol o‘stira boshlagan.


