Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Marsga yetib borish uchun kosmik kemada 6 oydan 8 oygacha vaqt ketadi. Liftda esa bu muddat 3-4 oyga va hatto 40 kungacha qisqarishi mumkin.
Yaponiyaning Obayashi Corporation kompaniyasi bu loyihani 2050 yilgacha amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.
Maʼlumot uchun, Obayashi korporatsiyasi dunyodagi eng baland Tokyo Skytree teleminorasini qurgan. Kompaniya 100 milliard dollarlik kosmik lift qurish loyihasi yaqin yillarda amalga oshirilishini maʼlum qildi.
Ushbu g‘oya aslida 12 yil avval paydo bo‘lgandi, biroq uning qanday yaratilishi ustida muhokamalar hamon davom etmoqda. Baʼzi olimlarning fikricha, bunday loyihani amalga oshirish umuman mumkin emas.


