1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YEI Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Bunga Eronning urushni qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘lgan.

YEI Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

YEI Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi.

 

"Yevropa Ittifoqi Eron Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini, shuningdek, Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasidagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun unga qarshi cheklovlarni kengaytirildi", deyiladi Yevropa Ittifoqi Kengashi bayonotida.

 

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqidan Eronga raketa va dronlarni yaratish va ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlarni eksport qilish, yetkazib berish yoki sotish taqiqlanadi.

 

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Eron dronlari yoki raketalarini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va komponentlarni Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish uchun foydalaniladigan portlar bilan har qanday operatsiyalarni taqiqladi. Shuningdek, bunday tashish bilan shug‘ullanadigan kemalarga har qanday xizmatlarni ko‘rsatish ham taqiqlanadi.

 

Shu bilan birga, YEI Kengashi Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikda ishtirok etuvchi bir shaxs va to‘rtta tashkilotga nisbatan maqsadli sanksiyalar kiritdi. Bular Eronning Islamic Republic of Iran Shipping Lines (IRISL) va uning direktori Muhammad Rizo Xiabani, shuningdek, Rossiyaning “MG Flot” , “VTS-Broker” va “Arapaks” yuk tashish kompaniyalari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика