1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

YеI Rossiyaning 115 milliard yevrolik aktivlarini topa olmayapti

Hozirda 1.5 ming rossiyalik Yevropa sanksiyalari ostida qolmoqda. Ularning 20 milliard yevrolik boyligi muzlatilgan.

YеI Rossiyaning 115 milliard yevrolik aktivlarini topa olmayapti

 

Yevropa Ittifoqi 2023 marti holatiga ko‘ra, sanksiyalar ostidagi Rossiya fuqarolariga tegishli 20.9 milliard yevrolik aktivlarni muzlatdi. Rasmiy maʼlumotlarda keltirilishicha, 2019 yilda rossiyaliklarning YеIga investitsiyalari 136 milliard yevroni tashkil etgan.

 

Bloomberg agentligi hozirda 115 milliardlik aktivlar qidirilayotganini yozgan. 2022 martida bu bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan edi. Qidiruvni yana-da samarali bo‘lishi uchun Yevroittifoq rasmiylari banklardan qo‘shimcha hisobot talab qilmoqchi, bu tartibga rioya qilmaganlar jarimaga tortiladi. Shuningdek, sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan shaxslarga jazo choralari kuchaytiriladi.

 

YеI hozirga qadar Rossiyaga qarshi 10 ta sanksiyalar paketini joriy qilgan. Cheklovlar ostida 1.5 ming odam qolmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика