AQSH prezidenti Jozef Bayden Donald Trampni "mag‘lub etilgan sobiq prezident" deb atadi.
"2020 yilda siz va yana 81 million amerikaliklar demokratiyamizni qutqarish uchun ovoz berdingiz. Shuning uchun Donald Tramp shunchaki sobiq prezident emas, balki mag‘lub etilgan sobiq prezidentdir",— degan AQSH yetakchisi.
U Merilend shtatidagi Demokratlar partiyasi mitingda bu haqda gapirgan. Miting Kongressga oraliq saylovlar arafasida bo‘lib o‘tmoqda.
O‘z chiqishi davomida Oq uy xo‘jayini respublikachilar partiyasi, ayniqsa, Tramp tarafdorlarini ayovsiz tanqid qilgan. U sobiq prezidentni ortga qaytishda ayblagan.
Avvalroq Tramp Baydenning AQSHni halokat yoqasiga olib kelganini aytgandi.


