1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yer yuzi bo‘ylab suvning harakatlanish tizimi muvozanatdan chiqdi

O‘sib borayotgan suv inqirozini kuchaytiradi.

Yer yuzi bo‘ylab suvning harakatlanish tizimi muvozanatdan chiqdi

Insoniyat global suv aylanish tizimini o‘z tarixida birinchi marta muvozanatdan chiqarib yubordi. Ushbu holat o‘sib borayotgan suv inqirozini kuchaytiradi, iqtisodiyotga, oziq-ovqat ishlab chiqarishga va tiriklikka jiddiy zarar yetkazadi. Bu haqda xalqaro yetakchilar va ekspertlardan iborat Global suv iqtisodiyoti komissiyasi hisobot eʼlon qildi.

 

Hisobotga ko‘ra, yillar davomida Yerni zararlantirish va suvni noto‘g‘ri boshqarish inson tomonidan yuzaga keltirilgan iqlim inqirozi bilan birga to‘qnash kelib, global suv aylanish tizimiga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazgan.

 

Suv aylanishi – bu suvning Yer atrofida qanday harakatlanishini tavsiflovchi murakkab tizim hisoblanadi. Suv Yer yuzidan, jumladan, ko‘l va daryolar, o‘simliklar tarkibidan bug‘lanib, atmosferaga ko‘tariladi va u bug‘ holatida uzoq masofalarga “sayohat qiladi”. Keyin esa sovib, kondensatsiyalanadi va yomg‘ir yoki qor shaklida yerga qaytadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика