1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Yer yuzida har olti kishidan biri bepushtlikdan aziyat chekmoqda

JSST hukumatlarni ushbu dardga chalingan muhtoj insonlar uchun arzon va sifatli davolash vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirdi.

Yer yuzida har olti kishidan biri bepushtlikdan aziyat chekmoqda

 

Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har olti kishidan biri bepushtlik dardiga chalingan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich katta yoshli aholining qariyb 17,5 foizini tashkil qiladi.

 

Bepushtlikning oldini olish, diagnostika va muolaja qilishga doir mavjud usullar narxi juda yuqori. Ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda tibbiy xizmatning bu turidan barcha birdek foydalana olmaydi.

 

Shu sababli JSST hukumatlarni ushbu dardga chalingan muhtoj insonlar uchun arzon va sifatli davolash vositalaridan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirdi.

 

Qolaversa, tashkilot ko‘plab mamlakatlarda bepushtlik statistikasi muntazam yuritilmayotgani muammo ko‘lami yana-da oshishiga xizmat qilishini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика