1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qildi

Yerevanda minglab namoyishchilar yerlarning bir qismi Ozarbayjonga berilishiga qarshi chiqdi.

Yerevanda namoyishchilar Pashinyanning iste’fosini talab qildi

 

Yerevanda Ozarbayjon bilan chegaralar delimitatsiyasiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilarga Arman Apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan rahbarlik qilyapti. Namoyishchilar bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini va uning o‘rniga Bagrat Galstanyanni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlanishini talab qilmoqda. Miting arafasida Yerevandagi Armaniston hukumati binosini polisiyachilar qurshab oldi.

 

Galstanyan allaqachon Arman cherkovi rahbaridan Armaniston bosh vaziri lavozimiga nomzodini qo‘yish niyati tufayli uni cherkov xizmatidan chetlashtirishni so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni Armaniston va Ozarbayjon rasmiylari chegarani delimitatsiya qilishga kelishib olgan edi.  Ushbu kelishuvga muvofiq to‘rt qishloq Boku nazoratiga o‘tdi.

 

Bu Armanistonda may oyining boshidan beri davom etayotgan ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика