12-sentabrgacha Yerga beshta asteroid yaqinlashadi. Bu haqda NASA maʼlum qildi.
Uy kattaligidagi birinchi asteroid 6-sentabr kuni Yerdan 5,11 million kilometr masofada uchib o‘tadi. Ushbu obyektni astronomlar birinchi marta 2021 yilda ko‘rishgan.
Keyingisi samolyot kattaligida bo‘lib, 8-sentabr kuni sayyoramizga 4,08 million kilometr masofada yaqinlashadi. Shu kuni avtobus kattaligidagi yana bir asteroid Yerga 5,72 million kilometr masofada uchib o‘tadi.
To‘rtinchi asteroid 10-sentabr kuni sayyoramizga eng yaqin masofagacha – 2,65 million kilometrgacha yaqinlashadi. 12 sentyabr kuni esa avtobus kattaligidagi oxirgi obyekt Yerdan 4,1 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi.


