
Oʻta xavfli asteroidlar sinfiga mansub boʻlgan 2016 AJ193 joriy yilning 21-avgust kuni Yerga yaqin keladi. Bu haqida Moskva planetariysi vakillari maʼlum qilishgan.
“Erga yaqinlashib kelayotgan asteroidlar” deb nom olgan butun boshli asteroidlar sinfi mavjud. Kelgusida Yerga 7,5 million kilometrdan yaqin keladiganlari oʻta xavfli obyektlar hisoblanadi”, deydi olimlar.
NASA mutaxassislarining hisob-kitoblariga koʻra, 2016 AJ193 asteroidi 21-avgust kuni yerga juda yaqin keladi va shu kuni undan 3,4 million kilometr masofa narida boʻladi. Ammo, asteroid Yer sayyorasiga ziyon keltirmasligi aytib oʻtilgan.
Olimlarning taʼkidlashlaricha, astronomlar tomonidan oʻrganilmayotgan samoviy jismlar Yer uchun katta xavf tugʻdiradi. Mutaxassislar ushbu asteroidlar haqida ular yerga tushib boʻlganidan keyin bilishadi.


