1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

YETTB: Rossiya biznesi ko‘chib kelishi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti o‘sishiga yordam beradi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari 2023 va 2024 yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish yuqori surʼatlarda qolishini prognoz qilmoqda.

YETTB: Rossiya biznesi ko‘chib kelishi Markaziy Osiyo iqtisodiyoti o‘sishiga yordam beradi

 

2023 yilda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti 4.9 foizga va 2024 yilda 5.4 foizga o‘sadi. Bu haqda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hisobotida so‘z boradi

 

Bunga sabab qilib uch omil ko‘rsatilgan: infratuzilmaga investitsiyalar oqimi, energotashuvchilarning baland narxi va Rossiya biznesi relokatsiyasi.

 

Bank faoliyat yuritadigan davlatlar oracida 2023 yilda eng yirik o‘rtacha o‘sish Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda yuz berishi mumkin (barcha mintaqalar bo‘yicha umumiy prognoz +2.1 %). Real YAIM eng ko‘p Tojikiston (8 foiz), Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston (7 foiz), Turkmaniston va O‘zbekiston (6.5 foiz)da o‘sishi kutilmoqda. Qozog‘istonda bu 3.5 foiz atrofida bo‘ladi.

 

Ekspertlar Markaziy Osiyo va Kavkazga YEI, Buyuk Britaniya va AQSHdan eksport keskin oshganini qayd etishgan. Bu vositachilik savdosining oshganini ko‘rsatadi: import qilingan tovarlar Rossiyaga reeksport qilinadi. Armaniston va Qirg‘izistonda bunday savdo YAIMning 4-6 foiziga to‘g‘ri keldi. Bu o‘z navbatida mahalliy valyutalarning dollarga nisbatan mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика