1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini qabul qila olmadi

Kelasi haftaga yana bir uchrashuv rejalashtirilgan.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini qabul qila olmadi

 

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi bo‘yicha yig‘ilishda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari bir qarorga kela olmadi. Kelasi haftaga yana bir uchrashuv rejalashtirilgan. 

 

Polshaning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Anjey Sados Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq ko‘plab masalalar texnik jihatdan juda murakkab va shuning uchun ham ehtiyotkorlik bilan ekspert tahlilini talab qilishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u keyingi uchrashuvda sanksiyalar paketi kelishib olinishi mumkinligiga umid bildirdi.

 

Sados, xususan, Rossiya transport kompaniyalariga nisbatan cheklovlar joriy etish taklifini inobatga olganini qo‘shimcha qildi. 

 

Uning eslatishicha, Varshava Rossiyadan Yevropa Ittifoqiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishni taqiqlashga chaqiradi.

 

Avvalroq Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha muzokaralar kechiktirilishi mumkinligi xabar qilingandi. Ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlari sanksiyalarni juda yumshoq deb hisoblasa, boshqalari xalqaro munosabatlariga putur yetkazishdan qo‘rqishadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика