1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevroittifoq Rossiyaga qurol yetkazganlarni jazolaydi

Eron ularning birinchi nishoni bo‘lishi mumkin.

Yevroittifoq Rossiyaga qurol yetkazganlarni jazolaydi

 

AQSH va Yevroittofoq Rossiyani o‘q-dorilar bilan ta’minlovchi yoki uning harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarga qarshi sanksiyalar qo‘llash niyatida. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Yevropa tashqi ishlar vazirlari Eron dronlarini Rossiyaga topshirish masalasini ham muhokama qiladi.

 

“Biz Rossiyaga o‘q-dorilar yetkazib beruvchi yoki Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlovchi shaxslar, kompaniyalar yoki davlatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llashga tayyormiz va qodirmiz”, — deyiladi xabarda.

 

Fransiya va Germaniya Rossiya tomonidan foydalaniladigan uchuvchisiz samolyotlarga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni ham zarur deb hisoblaydi. Bu mamlakatlarning fikricha, Tehron tomonidan dronlarning uzatilishi BMT Xavfsizlik Kengashining Eronda yadro qurolini yaratish bo‘yicha rezolyusiyasining buzilishi sifatida baholanishi kerak.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика