Yevropa Ittifoqi Serbiya va Kosovo rahbarlari muzokaralar stoliga o‘tirib, keskinlikni yumshatishga chaqirdi. Biroq Belgrad va Prishtina muloqot tarafdori emas.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Josep Borrelning aytishicha, tashkilot ittifoqqa qo‘shilishga intilayotgan hamkorlardan yana-da oqilona munosabat kutmoqda. Ularning ikkalasi ham Bryusselga taklif qilingan va hech qanday shartlarsiz kelishishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Kosovo mintaqasida vaziyat mahalliy serblar may oyida u yerda o‘tkazilgan saylov natijalarini boykot qilganidan keyin keskinlashgandi. Prishtina etnik albanlar tomonidan ovoz berilganlarga merlik lavozimlarini berdi. Etnik serblar norozilik namoyishiga chiqishdi. Bu orada Serbiya harbiylari kosovolik uch nafar politsiyachini hibsga olgan. Kosovoda bu hibslar “o‘g‘irlash” deb atalgan.


