1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevroittifoq Ukrainaga 35 mlrd yevro kredit bermoqchi

Kredit 40 yil muddatga ajratilishi rejalashtirgan.

Yevroittifoq Ukrainaga 35 mlrd yevro kredit bermoqchi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadan Ukrainaga 35 milliard yevro miqdorida kredit beradi.

 

Bu haqida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

 

Yevrokomissiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kredit «Katta yettilik» davlatlari tomonidan iyul oyida eʼlon qilingan majburiyatlarini bajarish doirasida berilgan. Kredit 40 yil muddatga ajratilishi rejalashtirgan.

 

Umuman olganda, Yevropa Ittifoqida Rossiyaning 200 milliard yevroga yaqin aktivlari muzlatib qo‘yilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика