1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevroittifoq Ukrainani zulmatda qoldirmoqchi emas

Ukrainaga 30 mlnga yaqin LED lampalari va generatorlar yuboriladi.

Yevroittifoq Ukrainani zulmatda qoldirmoqchi emas

 

Yevropa Ukraina uchun 30 millionga yaqin yorug‘lik diodli lampalar (LED) sotib olish uchun mablag‘ ajratadi. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen aytib o‘tdi. 

 

“Biz hammamiz Prezident Zelenskiyni diqqat bilan tingladik, u Ukraina uylari uchun 50 million LED lampalar taqdim etish uchun xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi. Bu muhim, chunki ular eski lampochkalarga qaraganda 88 foizga tejamkor. Bu favqulodda energiya tejash. 50 million LED lampalar o‘rnatilsa, ular 1 GVtgacha elektr energiyasini tejaydi, bu bitta atom elektr stansiyasining yillik ishlashiga tengdir”, — dedi u.

 

Fon der Lyayen boshqa mamlakatlarni bunday lampalarni sotib olishni moliyalashtirishga qo‘shilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YEK allaqachon Donetsk, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Nikolayev viloyatlaridagi shifoxonalarda doimiy elektr taʼminotini taʼminlash uchun 14 ta yirik generatorni taqdim etgan. Bular elektr energiyasiga muhtoj kasalxonalardir.

 

Bundan tashqari, yana 800 ta generator mamlakatning boshqa hududlariga yuboriladi. 

 

Polshada shu hafta ish boshlaydigan energetika tovarlari markazi yaratilmoqda. Bu omborlar tarmog‘i bo‘lib, u yerda tovarlar yig‘ilib, tezda Ukrainaga jo‘natiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Parijda Ukraina xalqi bilan birdamlik yoki energetika “Ramshteyn” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu shunday formatdagi birinchi uchrashuvdir. Ittifoqchi davlatlarning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuvlari  “Ramshteyn” deb nomlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика