1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevrokomissiya maymunchechakka qarshi vaksina zahiralamoqda

Agar vaziyat yomonlashsa, vaksina ittifoq davlatlariga tarqatiladi.

Yevrokomissiya maymunchechakka qarshi vaksina zahiralamoqda

 

Yevropa Komissiyasi bo‘linmasi Ittifoq mamlakatlari, shuningdek, Norvegiya va Islandiya uchun 110 mingga yaqin maymunchechakka qarshi vaksinani sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu  haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, Yevrokomissiya “Bavarian Nordic” kompaniyasi bilan kasallik  avj olishiga qarshi  3-avlod vaksinalarining  109090 dozasini sotib olish bo‘yicha  bitim tuzgan. Kasallik yuqtirganlar soni o‘sishda davom etsa, ushbu kelishuv barcha ittifoq davlatlariga vaksinalardan foydalanish imkonini beradi.


Ma’lumot uchun: hozirgacha infeksiya Yevropa Ittifoqining 19 davlatida aniqlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика