Buyuk Britaniya boshchiligidagi Yevropa davlatlari guruhi juma kuni Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari va jihozlarini 90 million funt sterling (115 million dollar) yetkazib berishini eʼlon qildi.
Bu summa Norvegiyaning Kongsberg mudofaa kompaniyasi bilan uchuvchisiz uchish apparatlarini aniqlash va yo‘q qilishga mo‘ljallangan Cortex Typhon g‘ildirakli havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha 56 million funt sterling shartnomani o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, ishlab chiqaruvchining o‘zi ham xuddi shunday xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga, shu qatorda, keng ko‘lamli dronlarga qarshi turish uchun mo‘ljallangan va jismoniy zarar yetkazishi yoki havo tahdidini o‘chirib qo‘yishi mumkin bo‘lgan bir nechta Cortex Typhon tizimlari sovg‘a qilinadi.
“Ushbu havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina fuqarolari va infratuzilmasini himoya qilish uchun ham, frontda foydalanish uchun ham tezkor joylashish qobiliyati va moslashuvchanligiga ega”, — dedi Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles.


