Germaniya hukumati Gamburgda Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning 156 metrlik yaxtasini hibsga oldi. Gap qariyb 600 million dollarlik 156 metrli “Dilbar” nomli yaxta haqida ketmoqda.
U hajmi va texnologiyasi jihatidan hozirgacha qurilgan eng murakkab yaxtalardan biri deb hisoblanadi. 15 917 tonna sig‘imga ega dunyodagi eng katta motorli yaxtaning ekipaji 96 kishidan iborat. “Dilbar”da basseyn, vertolyot maydonchalari, sauna, go‘zallik saloni va sport zali mavjud.
Yaxta Usmonovning ko‘p milliard dollarlik boyligining bir qismi.
Shunday qilib, Usmonov boshqa yirik rossiyalik ishbilarmonlar qatorida Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi munosabati bilan sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yetti bankini xalqaro SWIFT tizimidan uzgan edi.


