1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtiradi va oshiradi

Bu haqda 17 apreldagi YI sammitining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha berilgan bayonotda aytildi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtiradi va oshiradi

YI, shuningdek, Ukrainani havo hujumidan mudofaa salohiyati bilan zudlik bilan taʼminlash va barcha zarur harbiy yordam, jumladan, artilleriya snaryadlari va raketalarni yetkazib berishni tezlashtirish va faollashtirish zarurligini taʼkidlaydi. Uning yetakchilari, davlat va hukumat rahbarlari alohida mamlakatlarni vazirlik darajasida zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

 

22 aprel kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

 

"Bizga ko‘p so‘zlar kerak emas, bizga ko‘proq harbiy texnika kerak - ularga kerak! Kiyevga yangi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berish oylar emas, balki kunlar va haftalar masalasidir", — deya taʼkidladi Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel jurnalistlar bilan suhbatda YI qarorlari haqida gapirar ekan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика