1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropa Ittifoqining Ukrainada harbiy missiyasi ochilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi Ukrainada harbiy o‘quv missiyasini tashkil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Welt” nashri xabar berdi.

Yevropa Ittifoqining Ukrainada harbiy missiyasi ochilishi mumkin

 

 

Ushbu missiya EU Military Advisory and Training Mission Ukraine (EUATM–YеIning Ukrainadagi harbiy-konsultativ va o‘quv missiyasi) deb ataladi. “Welt” ning taʼkidlashicha, bu Qrimdagi vaziyat va Ukraina chegaralari yaqinida Rossiya harbiy faolligini oshirayotgan sharoitda “Ukraina bilan birdamlikning belgisi” bo‘ladi. Nashrga kelib tushgan hujjatda Kiyevning harbiy qudratini oshiradigan boshqa usullar ham keltirilgan. Xususan, 2014 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Ukraina fuqaro xavfsizligi sektorini isloh qilish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi maslahat missiyasini kengaytirish taklif qilingan.

 

Shuningdek, harbiy-o‘quv missiyasini tashkil qilishni Ukraina mudofaa hamda tashqi ishlar vazirlari 2021 yil iyulida Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borreldan “maxfiy maktub” orqali iltimos qilgan.

 

Bundan avval RFda Ukraina foydasiga josuslik qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani   hamda Vladimir Zelenskiy Jozef Bayden bilan uchrashgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика