Yevropa Komissiyasi o‘zining barcha huquq-tartibot idoralariga noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalishidan xavotirlar tufayli X ijtimoiy tarmog‘ida reklama berishni to‘xtatishni tavsiya qilmoqda.
Yevropa Komissiyasining bosh vakili o‘rinbosari Dana Spinant barcha xizmat rahbarlariga yuborilgan eslatmada X-dagi noto‘g‘ri maʼlumotlar, xususan Isroil-HAMAS urushi bilan bog‘liq holda komissiyaga platformada “reklamani vaqtinchalik to‘xtatib turishni tavsiya etish”ga olib kelganini taʼkidladi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan yangi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun tufayli X ijtimoiy tarmog‘i Yeropada tekshirilmoqda. Oktyabr oyida kuzatuv komissiyasi Ilon Mask kompaniyasiga rasmiy so‘rov yuborib, u 7 oktyabr kuni boshlangan G‘azodagi hujumlar bilan bog‘liq noqonuniy kontent va dezinformatsiyani qanday ko‘rib chiqqanini tushuntirishni so‘radi.


