Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Markaziy Osiyo ayollari ishbilarmonlik dasturi doirasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million dollargacha kredit ajratishni ma’qulladi, deb xabar beradi moliya instituti.
Qayd etilishicha, mablag'lar bayonnomada ko'rsatilgan muvofiqlik mezonlariga muvofiq ayollar boshchiligidagi kichik va o'rta korxonalarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Mablag'larning 3 million dollari dasturni raqamlashtirishga, qolgani esa ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini kreditlashga yo‘naltiriladi.


