YEI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrelning fikricha, Ukraina mojarosi Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng yuz bergan eng jiddiy inqiroz bo‘lib qolmoqda.
"Bugun hech kimda shubha yo‘q: Yevropa xavf ostida", — degan u Madriddagi konferensiyada.
Konferensiyadan so‘ng jurnalistlar bilan brifingda Borrel Rossiyani yaqqol tahdid deb atagan.
"Biz Ukrainaga imkoniyatimiz yetganicha yordam beryapmiz. Nizoning diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdorimiz. O‘t ochishni to‘xtatishga harakat qilishimiz kerak. Ammo Putin bunga tayyor emas ekan, Ukraina o‘zini himoya qilishi uchun yordam berishda davom etishimiz zarur", — deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Avvalroq Rossiya "Sarmat" qitʼalararo ballistik raketasi sinovini o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


