Yevropada kun sovishi bilan koronovirusning yangi to‘lqini boshlanishi mumkin. Virusning ketma-ket mutasiyalari olimlarni xavotirga solmoqda. Bu haqda “Eruronews” nashri xabar qildi.
“Hozirda kuzgi davrni tark etib, qish davriga qadam qo‘ymoqdamiz. Biz epidemiyani kutmoqdamiz va kuzatyapmiz. Pandemiya davrida turli xil tafovutlar paydo bo‘lgani aniq, ammo eng muhimi, vaksinalar hali ham juda samarali bo‘ladi”, — degan JSST Evropa byurosining yuqori xavfli patogenlar guruhi rahbari Richard Pibodi.
Shifokorlarning ogohlantirishicha, kuz va qishda gripp va COVID viruslari bir vaqtda tarqaladi. Shu munosabat bilan yevropaliklarga, ayniqsa, xavf ostida bo‘lganlarga profilaktika choralarini ko‘rish va emlashdan o‘tish tavsiya etiladi.


