1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yevropada gaz narxi rekord darajada qimmatladi

Taxminan 1 ming kub metr uchun 526 yevroga ko‘tarildi.

Yevropada gaz narxi rekord darajada qimmatladi

Yevropadagi savdolarda gaz narxi 2 yanvar kuni megavatt/soat uchun 50,3 yevrogacha ko‘tarildi.  Bu haqida Bloomberg xabar berdi.

 

Bu ko‘rsatkich 2023 yil oktyabridan beri gaz narxining eng yuqori darajasidir.

 

Gaz narxining oshishiga uchta omil sabab bo‘lmoqda. Birinchisi — Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Ukraina orqali Yevropaga gaz tranzitini to‘xtatdi. Ikkinchi sabab — Norvegiyaning Xammerfest shahridagi suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish zavodi kompressor nosozligi tufayli 9 yanvargacha faoliyatini to‘xtatdi. Uchinchi omil esa Shimoliy Yevropadagi sovuq ob-havo bo‘lib, bu mintaqada isitish uchun gaz sarfini oshirdi.

 

“Bu haftada (Norvegiyadan suyultirilgan tabiiy gaz) taʼminotining qisqarishi bufer vazifasini bajaradigan omborlardan gaz oqimining tezlashishiga olib kelishi mumkin. Qitʼa bo‘ylab zaxiralar 2021 yilda gaz inqirozi endigina boshlanayotgan paytdan beri tez surʼatda kamayib bormoqda”, deb yozadi Bloomberg. 

 

Shunga qaramay, Yevropa komissiyasi “mintaqada ham, undan tashqarida ham samarali tayyorgarlik ishlari va muvofiqlashtirish” tufayli Markaziy va Sharqiy Yevropaga gaz yetkazib berish xavfsizligiga tahdid yo‘qligini taʼkidladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика