1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

YI Ukrainaga katta yordam ajratdi

Uning yarmi 15 martga yetkazib beriladi.

YI Ukrainaga katta yordam ajratdi

 

Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Fransiya iqtisodiyot, moliya va tiklanish vaziri Bryuno Ln Merning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘g‘risida Yevroittifoq iqtisodiyot idoralari rahbarlarining norasmiy yig‘ilishida qaror qabul qilingan.

 

"Biz Ukrainaga qo‘shimcha 1.2 milliard yevro qo‘shimcha yordam taqdim etamiz. Uning 600 millioni 15 martga yetkazib beriladi", — degan Le Mer.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagach, G‘arb Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Cheklovlarning aksariyati moliya bozoriga qarshi qaratilgan. Xususan, Rossiyaning bir qator banklari AQSH, Yevropa va Buyuk Britaniya qora ro‘yxatiga kiritildi, shuningdek, SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GFR moliya vaziri Rossiya bilan ayrim moliyaviy kanallar saqlanib qolinganini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика