Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan O‘zbekistonda 887 424 ta tug‘ilish holati qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 %ga oshgan.
2023 yilning 11 oyida tug‘ilganlarning 459 701 nafari o‘g‘il bolalar, 427 723 nafari qiz bolalarni tashkil etadi.
O‘zbekistonda 2023 yilning 11 oyida qiz bolalarga nisbatan 31 978 nafar ko‘p o‘g‘il bolalar tug‘ilgan.


