1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Yo‘lovchilar orasida musobaqaga ketayotganlar ham bo‘lgan”

Bugun, 5-yanvar tongida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mudhish voqea yuz berdi. Gap shundaki, soat 7.40 larda xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda 50 ga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketib, yo‘l transport hodisasiga uchradi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

“Yo‘lovchilar orasida musobaqaga ketayotganlar ham bo‘lgan”

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy munosabatiga ko‘ra, hodisa “Navoiy-Uchquduq” xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 167-168-kilometrlari oralig‘ida yuz bergan.

 

 

 

 

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, salonida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobusni “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotgan haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib ag‘darilgan.

 

Hodisa oqibatida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan. Turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqarolar tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.

 

“Hozirda vaziyatni to‘liq o‘rganish, jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga yordam ko‘rsatish hamda og‘ir oqibatlarga olib kelgan shart-sharoitlarga huquqiy baho berish maqsadida Navoiy viloyati IIB tomonidan voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda”, deyiladi rasmiy munosabatda.

 

Zamon.uz holatni batafsilroq o‘rganish maqsadida voqea guvohlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, avtobus ichidagi yo‘lovchilar sport musobaqasi uchun ketayotgan bo‘lgan. Voqea cho‘l hududida yuz bergani uchun hamda internet aloqasi yo‘qligi sababli hodisaga aloqador shaxslar bilan bog‘lanish imkoniyati qiyinlashgan.

 

“Avtobus bizning tumandan, Uchquduq tumanidan yo‘lga chiqqan, ichida sport musobaqasiga ketayotgan bolalar bor edi. Bolalarning yoshlari har xil. Shu avtobus ichida ammamning Toshkentda o‘qiydigan o‘g‘li ham bor edi. Mening yaqinlarim yaxshi, ammamning o‘g‘lining qo‘li singan. Lekin ikki nafar bola o‘lganini aytishdi”, deydi Zamon.uz bilan gaplashgan navoiylik fuqaro.

 

Zamon.uz hodisa tafsilotlarini to‘liqroq o‘rganmoqda. Tez orada hodisa joyidan maxsus reportajni eʼlon qilamiz.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика