"Dorilar va farmasevtika faoliyat haqida" Qonuniga muvofiq, dori vositalarini realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq sifati kafolatlanmagan dori vositalarni noqonuniy ravishda olib kirilishiga bo‘lgan urinishlar hali ham uchrab turibdi.
Kuni kecha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda xolda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, qo‘l sumkasi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, qiymati 141 892 000 so‘mlik 393 dona turli xil dori vositalarini qayta sotish maqsadida olib kelayotgani aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.


