1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yomg‘ir sabab 66 ming isteʼmolchi elektrdan uzildi

Hozirda nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Yomg‘ir sabab 66 ming isteʼmolchi elektrdan uzildi

Soat 10:00 holati bo‘yicha O‘zbekiston bo‘ylab yuz berayotgan kuchli yomg‘ir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chiq qolmoqda.

 

Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi 66 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzilgan.

 

Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.

 

"Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz", deb xabar beradi Energetika vazirligi xabarida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика