1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Grinlandiyadagi anomal yomg‘ir nimadan darak beradi?

“Phys.org” saytining Daniyalik olimlar xulosalariga tayanib yozishicha,  bu iqlim o‘zgarishining xavfli bosqichidan darak beradi.

Grinlandiyadagi anomal yomg‘ir nimadan darak beradi?

 

 

 

14 avgust kuni Grinlandiyada anomal yomg‘ir yog‘gan edi.

 

“Phys.org” saytining Daniyalik olimlar xulosalariga tayanib yozishicha, bu iqlim o‘zgarishining xavfli bosqichidan darak beradi.

 

Yomg‘ir dengiz sathidan qariyb 3 ming metr balandlikda kuzatilgan. Bu hodisa havo harorati Selsiy bo‘yicha 0 gradusdan baland yoki biroz past bo‘lganida yuz berishi mumkin edi. O‘tgan ikki mingyillikda mutaxassislar faqat 9 ta shunday isish holatlarini qayd etgan. Ulardan uchtasi so‘nggi o‘n yil ichida sodir bo‘lgan.

 

Ammo 2012 va 2019 yillarda ham havo harorati ko‘tarilganda, bu hududlarda yomg‘ir yog‘magan.

 

"Hozircha oldingi 6 ta holatda ham yog‘ingarchilik kuzatilgani haqida bir nima deya olmaymiz. Ammo bunday bo‘lish ehtimoli juda past. Shu yilning yozida Grinlandiyada issiqlik rekord, yaʼni  20 darajagacha  ko‘tarildi. Issiq havo oqimi muzliklar erishini tezlashtiradi, bu esa xavotirga sabab bo‘ladi. Arktikada isish jarayoni dunyodagi o‘rtacha isishdan tezroq kechmoqda", —  deydi Daniya meteoroliya instituti xodimi Martin Stendel.

 

Olimlarning maʼlumotiga ko‘ra, hozirda orolni qoplab turgan muz qalqonning maydoni Fransiya maydonidan 3 marta katta. U agar erisa dunyo okeanidagi suv  7 baravarga ko‘tariladi.

 

 

Sharofat Mahmudova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика