1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Maxsus ruknlar / 
  4. "Yong‘in xavfsizligi oyligi": bu kabi tadbirlardan natija bormi?

10:15 / 15.12.2022

1.0k

"Yong‘in xavfsizligi oyligi": bu kabi tadbirlardan natija bormi?

"Yong‘in xavfsizligi oyligi": bu kabi tadbirlardan natija bormi?

15 kunda 14 qurbon — bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning rasmiy tasdig‘i.

 

Qish boshlandi. Bu yil har yilgidan ko‘ra sovuqroq keldi. Odamlar qishdan omon chiqish ilinjida bor imkoniyatlardan foydalanmoqda. Davlat ham qarab turgani yo‘q: xalqning yaxshi yashashi uchun bor kuch-imkoniyatlarni ishga solmoqda.

 

15 kunda 14 qurbon

Endigina qishning ikki haftasi o‘tdi. Ammo is gazidan zaharlangan va qurbonlar soni ortib bormoqda. 15 kunda 14 qurbon — bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning rasmiy tasdig‘i.

 

12-dekabr Qo‘qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi.

 

11-dekabr Qashqadaryoda 13 yoshli bola is gazidan zaharlanib vafot etdi. Uning yonida bo‘lgan 9 va 11 yoshli ukalari shifoxonaga yotqizilgan.

 

10-dekabr Qashqadaryoda bir oilaning uch aʼzosi is gazidan vafot etdi. Yana ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan.

 

8-dekabr Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi.

 

5-dekabr Buxoroda Jondor tumanida is gazi tufayli bir oilaning 5 aʼzosi vafot etdi. Ularning eng kichigi 2020 yili tug‘ilgan. Shuningdek, xuddi shu kuni Yangihayot tumanida ikki qavatli kottejga o‘t ketdi. Ikki kishi qurbon bo‘ldi

 

2-dekabr Samarqandda. Kattaqo‘rg‘onlik ota va uning voyaga yetmagan qizi bir vaqtda o‘lgan. Sabab is gazi bo‘lishi mumkin, hali surishtiruv davom etyapti.

 

24-noyabr Farg‘onada. Uch kunlik yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

 

21-noyabr Qashqadaryoda. 17 yoshli Qarshida yashagan abituriyent qiz ham is gazidan vafot etdi.

 

15-noyabr Jizzaxda uch kishi, shundan ikkisi  voyaga yetmagan bolalar.

 

13-noyabr Xorazmda. Urganchda ijarada yashovchi shaxs va uning bolasi is gazidan o‘ldi.

 

7-noyabr Jizzaxda. Is gazidan vafot etganlar 3 nafar, shulardan ikkisi 34 yoshli marhumaning 10 va 5 yoshdagi o‘g‘illari bo‘lgan.

 

2021-yilda 125 kishi qurbon bo'ldi 

 

Respublikamiz hududida 2021-yilda is gazi bilan bog‘liq jami 74 ta holat aniqlanib, ushbu holatlarda 67 nafar fuqaro zaharlangan va 128 nafar fuqaro vafot etgan bo‘lsa, joriy yilning 9 fevral holatiga ko‘ra, 21 holatda 19 nafar fuqaro zaharlangan va 36 nafar fuqaro vafot etgan. 2020-yilda esa 106 kishi qurbon bo‘lgan.

 

"Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbirlari natijasida yong‘inlar soni kamaygan

 

Maʼlumki, hukumat komissiyasining tegishli bayoni bilan 15 noyabr – 15 dekabr kunlari respublika hududida "YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" o‘tkazildi. Bu davrda uy-joy fondi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida umumiy hisobda 1 million 464 ming 237 nafar fuqarolar qamrovida 56 ming 530 marotaba kengaytirilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mavlonbek Doschanovning maʼlum qilishicha, yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qiluvchi 709 ming 181 ta nusxada eslatmalar tayyorlanib, bozorlar va savdo komplekslarida, jamoat transportida, avtostansiya va vokzallarda, odamlar ommaviy yig‘iladigan obyektlarda tarqatildi.

 

Tuman (shahar) markazlaridagi elektron tablolarda 649 ming 892 marotaba mavzuga oid videoroliklar namoyish etildi. Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda televideniye orqali 3 ming 62 ta ko‘rsatuvlar, 1 ming 454 ta telereportaj va 4 ming 802 ta videomateriallar namoyish etildi.

 

Amalga oshirilgan ishlar natijasida oylik davrida yuz bergan yong‘inlar soni o‘tgan yil bilan taqqoslanganda 4,3 foizga, insonlarni tan jarohati olish holatlari esa 16,7 foizga kamayishiga erishilgan.

 

Respublikamizning barcha hududlarida yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik ishlar davom ettiriladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика