1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yoqilg‘i baklariga yashirilgan 55 kilogrammlik narkotik modda fosh qilindi

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yoqilg‘i baklariga yashirilgan 55 kilogrammlik narkotik modda fosh qilindi

 

Respublikamiz bojxonachilari og‘irligi 55 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari va sunʼiy narkotik moddalarni respublikamizga yashirincha olib kirish uchun navbatdagi nayrangni qo‘llangan shaxsni to‘xtatib qolishdi

 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatida giyohvandlik vositalarini respublikamizga g‘ayrioddiy usulda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

 

Respublikamizga kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi boshqaruvida yengil avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning gaz balloni ichiga turli shakldagi 49 dona va benzin baki ichiga 31 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilganligi aniqlandi.

 

O‘ramlar ochib ko‘rilganda esa ularning ichidagi modda Markaziy bojxona laboratoriyasida o‘tkazilgan ekpertiza xulosasiga binoan 52 kilogramm 877 gramm og‘irlikdagi “gashish” hamda 2 kilogrammdan ziyod “geroin” giyohvandlik vositasi, 1 dona yelim idish ichida modda esa 950 gramm sintetik giyoxvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 329 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 298 kilogramm og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика