Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkillashtirilgan Yoshlar turizmi qurultoyi o‘z nihoyasiga yetdi.

8-avgust kuni boshlangan qurultoy doirasida bir qator o‘yinlar, kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. Yakunda g‘olib jamoalar aniqlandi.

Xususan, “Eng yaxshi turizm loyihasi”, “Qadriyat, urf-odat”, "Eng namunali guruh", “Zakovat”, "Turizm spartakiadasi", “Turizm-kvest” va boshqa tanlovlar o‘tkazildi.

G‘oliblarga sovrinlarni Turizm va madaniy meros vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari hamda Shahrisabz tumani hokimi topshirishdi.



