
Mutaxassislar bu texnologik kompaniyalar tomonidan qo‘llanilgan eng agressiv jazo ekanini taʼkidlashmoqda. Endilikda YouTube va Googleda iqlim o‘zgarishini inkor qilgan kontent egalari reklama orqali daromad ololmaydi. Kompaniyalar reklama guruhida “bu kabi kontentlar qaror topgan ilmiy xulosalarga qarshi” ekani taʼkidlangan.
Iqlim o‘zgarishni yolg‘on yoki firibgarlik sifatida ko‘riladigan, global iqlim isishi holatlarini inkor qiladigan yoki inson faoliyati iqlim o‘zgarishiga olib kelmaydi, degan xulosa beradigan bunday materiallar sirasiga kirishi belgilandi.
Iqlim o‘zgarishi yangi global trendga aylanib bormoqda. AQSH Prezidenti Jozef Bayden BMTdagi chiqishida iqlim isishini global xavfsizlikning asosiy tahdidlaridan biri sifatida baholagan.
Bundan avval iqlim o‘zgarishi Grenlandiyada yomg‘ir yog‘ishiga olib kelgani hamda London va Sankt-Peterburg suv ostida qolishi mumkinligi xabar qilingandi.


