1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yozuvchilar uyushmasida jurnalistning jonli efir vaqtida zaldan chiqarib yuborilgani bo‘yicha munosabat bildirildi

Ma’lum qilinishicha, jurnalistning tadbir fonida intervyu olishi ma’ruzachiga xalaqit bergan.

Yozuvchilar uyushmasida jurnalistning jonli efir vaqtida zaldan chiqarib yuborilgani bo‘yicha munosabat bildirildi


Joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirni jonli efir orqali yoritib borayotgan jurnalist suhbatdoshdan intervyu olayotgan vaqtida zaldan chiqarib yuborilgandi. Mazkur holat yuzasidan Uyushma raisi Olimjon O‘sarov munosabat bildirdi. 

 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tadbirni “Madaniyat va ma’rifat” tekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan. Jurnalist Dilrabo Akromova tadbirni tasvirga tushirish jarayonida zaldagi bir necha ishtirokchilardan suhbat yozib olishga harakat qilgan. Dastlabki suhbatni yozish chog‘ida ma’ruzachiga bu holat ta’sir qilgan va uning e’tiroziga sabab bo‘lgan. 


Jurnalist tomonidan ikkinchi suhbatdosh chaqirilib, suhbat yozib olinayotgan jarayonda esa Erkin Vohidovning qizi Fozila Vohidova tomonidan ular zaldan chiqarib yuborilgan. 

 

Ta’kidlanishicha, xalqaro amaliyotda intervyu olish jarayoni alohida belgilangan joyda, ya’ni maxsus banner yoki shu tadbirni aks ettiruvchi fonda (aslo tadbir zalida emas) amalga oshiriladi.


“Bizning tadbirlarda televideniye vakillari taklif qilinadi. Lekin ularning ishlashi uchun maxsus joy ajratilmaydi. Shuning uchun bir juda ko‘p e’tirozlarning guvohi bo‘lamiz. Xulosa qilib aytganda, tadbirlarda jurnalistlarning, ayniqsa, fotojurnalist va teleoperatorlarning bemalol tasvirga tushirishlari uchun imkon yaratib berish kerak”, — deydi Olimjon O‘sarov.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика