O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Rossiyada “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti bilan taqdirlandi.
17-19 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yulduz Usmonova bilan birga ozarbayjonlik rassom Sakit Mamedov, qozog‘istonlik aktyor Tungishbay Djamanqulov ham “Madaniyat va sanʼatga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun, ushbu mukofot 2009 yilda taʼsis etilgan bo‘lib, har yili MDH mamlakatlari vakillariga alohida davlat va umuman hamdo‘stlikni rivojlanishiga hissa qo‘shgan gumanitar sohadagi muhim yutuqlari uchun beriladi.


