Impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun deputatlarning uchdan ikki qismi – 300 tadan 200 tasi ovoz berishi kerak. Parlamentda muxolifat partiyalari 192 o‘ringa ega, qolgan 108 o‘rin prezidentning “Xalq kuchi” partiyasiga tegishli.
“Xalq kuchi” partiyasi deputatlari qonun loyihasiga ovoz berishdan bosh tortishdi va norozilik sifatida majlis zalini tark etishdi. Avvalroq hukmron partiyaning besh nafar deputati qanday ovoz berishini hali hal qilmaganini maʼlum qilgandi.
"195 deputat zalda qolib, ovoz berishda qatnashgan. Parlament spikeri U Von Sik yig‘ilishni yopiq deb eʼlon qilmadi va “Xalq kuchi” partiyasi vakillarini yig‘ilishga qaytib, ovoz berishga chaqirdi", deb yozadi Yonhap.


