Xabaringiz bor, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida, "Yunusobod" hamda "Turkiston" metro bekatlari 4 oy muddatga yopilgan edi. Ushbu profilaktik ishlar o‘z yakuniga yetkazildi. Shu munosabat bilan joriy yilning 25 dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan.


